«MAN» yuk mashinasi urib yuborgan velosipedchi vafot etdi

Foto: IIB axborot xizmati
Farg‘ona shahrida yuk mashinasi urib yuborgan velosiped haydovchisi shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, 25 yanvar kuni Farg‘ona shahri S.Ahmad ko‘chasida haydovchi B.R. ismli shaxs «MAN» rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, velosipedchi A.A.ni urib yuborishi oqibatida jabrlanuvchi tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘ona shahrida Lacetti avtomashinasi chaqalog‘ini ko‘tarib piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 21 yoshli ayolni urib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024