Namanganda “Nexia-2” avtomobili kanalga tushib ketdi

Foto: Namangan viloyati FVB axborot xizmati
Shimoliy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan avtomobil maxsus texnika yordamida kanaldan olib chiqilgan. Bu haqda Namangan viloyati FVB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Namangan shahar, “G‘uncha” MFY hududida “Nexia-2” rusumli transport vositasida harakatlanayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil ushbu mahalla hududidan oqib o‘tuvchi Shimoliy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan hududiy FVB xodimlari yetib kelib, transport vositasi maxsus texnika yordamida kanaldan olib chiqilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
YHXX axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan hududiy surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

10:14 / 02.05.2025