Namanganda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: Namangan YXHB
Namangan shahrida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Namangan viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berishicha, 30 iyul kuni soat taxminan 13:00 larda Namangan shahar Navoiy ko‘chasida Spark transport vositasini boshqarib ketayotgan ayol Yangiobod chorrahasidan chap tarafga harakatlanayotgan vaqtda harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, asosiy yo‘lda kelayotgan Nexia-3 avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Buning natijasida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, piyodalar qatnov yo‘lagida turgan Damas rusumli transport vositasiga borib urilgan.
Hodisa oqibatida uchta avtomashina ham texnik shikastlangan, jarohat olganlar yo‘q.
Mavzuga oid

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

10:14 / 02.05.2025
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi

10:43 / 28.04.2025
Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

15:49 / 27.04.2025