Jizzaxda avval ham jinoyat sodir etgan shaxs odam o‘ldirdi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tarzda qamoqqa olingan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 24 iyul kuni soat 16:00 larda Do‘stlik tumanidagi oshxonada odam o‘limi bilan bog‘liq jinoyat sodir etilgan.
Do‘stlik tumani Alisher Navoiy mahallasida joylashgan oshxonada ikki xo‘randa o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Janjalda Arnasoy tumani Bo‘ston mahallasida yashovchi shaxs mast holatda Navro‘z mahallasida yashovchi shaxsning yuziga urib, unga tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan og‘ir tan jarohati olgan jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. Marhumning vafotiga bosh miyaga qon quyilishi jarohati sabab bo‘lgan.
IIB xodimlarining say’-harakatlari bilan gumonlanuvchi shaxs ushlanganda, u 2019 yilda transport vositasini olib qochgani uchun 5 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etilib, joriy yil 25 may kuni sud tomonidan jazoning qolgan qismi axloq tuzatish jazosiga almashtirilgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tarzda qamoqqa olingan.
Avvalroq, Jizzaxda ikki cho‘ponning o‘zaro janjali ham qotillik bilan yakun topgandi.
Mavzuga oid

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

14:15 / 14.04.2025
22 yoshli qotil, uch qurbon va kichik guvoh – Popdagi qotillik tafsiloti

21:18 / 10.04.2025
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi

20:52 / 15.03.2025