Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Mbappening "PSJ"dagi kelajagi bo‘yicha rejalari haqida gapirdi
Foto: Getty Images
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ishqibozlardan birining hujumchi Kilian Mbappening "PSJ"dagi kelajagi nima bo‘lishi haqidagi savoliga javob berdi.
"Menda shov-shuvli yangiliklar yo‘q, lekin men bunga erishishga harakat qilaman", deya Makronning so‘zlarini keltirgan RMC Sport.
Eslatib o‘tamiz, "PSJ" va Mbappe o‘rtasidagi shartnoma 2023/24 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetadi.
O‘tgan yilning may oyida Mbappe "PSJ" bilan yangi shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, avvalroq futbolchi “Real” bilan shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, transfer amalga oshmadi.
Fransiyaning yakuniga yetgan chempionatida Mbappe 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "PSJ" yana Liga 1 g‘olibiga aylandi.
Biroq parijliklar bu mavsumda “Bavariya”ga imkoniyatni boy berib, Chempionlar ligasining 1/8 finalidan ortga qaytishdi.
Kuni kecha Mbappe Parij klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, klub fransiyalik futbolchini allaqachon sotuvga qo‘ygan, ammo "Real" bilan kelishuvga erishmoqchi emas.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
10:25 / 30.04.2025