Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Al-Hilol» Mbappe transferi uchun rekord mablag‘ taklif qildi
Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi «PSJ» forvardi Kilian Mbappeni sotib olish orqali uni futbol tarixidagi eng qimmat o‘yinchiga aylantirmoqchi.
Foto: Getty Images
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Ar-Riyod klubi fransiyalik 24 yoshli hujumchi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun «Pari Sen-Jyermen» klubiga rasmiy taklif jo‘natgan.
Qayd etilishicha, arab klubi Parij jamoasi hisobraqamiga transferlar tarixidagi rekord mablag‘ – 300 million yevro to‘lashga tayyor. Ammo futbolchi bilan hech qanday aloqa o‘rnatilmagan. Kilian faqat «Real»da to‘p surishni istamoqda.
Avvalroq, Mbappe shartnomani uzaytirmagani uchun «PSJ» futbolchini transferga qo‘ygani xabar qilingandi. Klub Kilianni keyingi mavsum erkin agent sifatida jamoani tark etishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas, hujumchi transferni rad etsa, uni zaxiraga o‘tkazishni rejalashtirgan. Tomonlar o‘rtasidagi ziddiyat sababli Mbappe «PSJ» safida Yaponiyaga olib borilmadi.
Ma’lumot uchun, Neymarning 2017 yilda «Barsa»dan 222 mln yevro evaziga «PSJ»ga o‘tishi futbol tarixidagi eng qimmat transfer sanaladi. Mbappening «Monako»dan 180 mln yevro evaziga «PSJ»ga o‘tishi esa bu borada ikkinchi transfer bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
14:26 / 17.10.2024
Mbappe jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanmoqda
10:26 / 02.09.2024