Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
Yangi cheklovlar import va eksportga taqiqlar hamda neft narxining yuqori chegarasini pasaytirish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oladi.

Foto: Twitter / vonderleyen
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Rossiyaga qarshi 12-sanksiya paketini e’lon qildi. Bu haqda X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilindi.
Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirish niyatida. Fon der Lyayyen so‘zlariga ko‘ra, 12-sanksiyalar to‘plami «import va eksportga yangi taqiqlar hamda neft narxining yuqori chegarasini pasaytirish bo‘yicha choralar»ni o‘z ichiga oladi.
Rossiyaga qarshi yangi sanksiya cheklovlarini joriy etish vaqti oshkor qilinmadi. Biroq, Politico nashri avvalroq sanksiyalar paketi haqida ba’zi tafsilotlarni e’lon qilgan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlatiga yangi cheklovlar bo‘yicha takliflar yuboradi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi cheklovlarni chetlab o‘tishga yordam beradigan kompaniyalarga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy qilishi mumkinligi xabar qilingan.
Mavzuga oid

13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda

11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi

10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak

09:03 / 28.05.2025