Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi
Ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tarixiy hujjatlar imzolandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Umuman, tashrif davomida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 28 ta hujjat, jumladan:
– Sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Sanoat mulkini muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari, xalqaro avtomobil va aviatsiya qatnovlari to‘g‘risidagi bitimlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bayonnomalar;
– Veterinariya va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
– Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
– madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlik, agrosanoat majmuidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xarita”lari;
– Andijon, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va So‘g‘d viloyati, Qashqadaryo viloyati va Xatlon viloyati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar va 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xarita”lari hamda boshqa hujjatlar imzolandi.
Mavzuga oid

13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda

16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi

15:03 / 01.05.2025
Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari» sammiti qoldirildi

21:41 / 25.04.2025