Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Turkiya prezidentiga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston va Ozarbayjon delegatsiyalarini qabul qildi. Uchrashuvda TIV rahbari Turkiya prezidentiga Shavkat Mirziyoyevning maktubini topshirdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 29 yanvar kuni O‘zbekiston va Ozarbayjon delegatsiyalarini qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Uchrashuvda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov prezident Shavkat Mirziyoyevning maktubini Turkiya rahbariga yetkazgan.
«Rahbarlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik qilish uchun eng mustahkam poydevor yaratmoqda. Ming yillik tarix, an’ana va urf-odatlar bilan bog‘liq bo‘lgan xalqlarimiz farovon kelajakni barpo etish yo‘lida bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda», — deb yozadi TIV rahbari o‘zining Telegram kanaliga.

Baxtiyor Saidov, shuningdek, Anqara shahrida Turkiya va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlar Hoqon Fidan hamda Jayhum Bayramov bilan uch tomonlama forum oldidan uchrashuv o‘tkazgan.
«O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va farovonlik rishtalarini chuqurlashtirishga intilishda hamfikrdir. Bizning umumiy salohiyatimiz juda katta va yelkama-yelka hamkorlikda kelajak avlodlar uchun cheksiz imkoniyatlar ochadi», — deb yozadi u.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025