Namanganda mebel ustaxonasida yong‘in chiqdi
Yong‘in oqibatida kuyib, tan jarohati olganlar kuzatilmagan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Namangan viloyati FVB
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yangi Namangan tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 20 fevral kuni Namangan shahar FVBga soat 18:39 larda Yangi Namangan tumani Go‘zal MFYda joylashgan yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli mebellarni qayta ta’mirlash ustaxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga soat 18:47 da yetib borgan va yong‘in soat 19:00 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida binoning shift va tom qismidan 25 metr kvadrat joyi yonib zararlangan. Qutqaruvchilar tomonidan 70 metr kvadrat joy saqlab qolingan.
«Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kuyib, tan jarohati olganlar kuzatilmadi. Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

21:08 / 09.05.2025
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

18:22 / 08.05.2025
Samarqanddagi «zapravka»da portlash va yong‘in ro‘y berdi. Qurbonlar bor

14:57 / 08.05.2025