Toshkentda shahar bo‘ylab kezib yurgan qoraquloq ushlandi
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida noma’lum hayvon ko‘chada yurgani haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr
Ishonch telefonlari orqali qilingan murojaat asosida Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Yakkasaroy tumani inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda notanish hayvon Qizil kitobga kiritilgan 1 dona qoraquloq ekani aniqlangan.
Holat bo‘yicha Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari bilan hamkorlikda ushbu hayvonni tutish ishlari amalga oshirilib, hayvonot bog‘iga topshirildi.
Qoraquloq Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo hamda Pokiston va Hindiston shimoli-g‘arbiy qismidagi qurg‘oqchil hududlarda yashaydi. U mustahkam tuzilishi, uzun oyoqlari, kichkina yuzi, uzun quloqlari va uzun tishlari bilan ajralib turadi. Uning yungi ba’zan qizg‘ish yoki sarg‘ish bo‘ladi, qorin bo‘shlig‘ida kichik qizg‘ish dog‘lari bor.
Mavzuga oid

22:14
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

20:16
Toshkent shahri va viloyatida to‘rtta sher noqonuniy boqib kelingani aniqlandi

16:57
Toshkentda xavfli retsidivist odamlarni qariyb 20 mlrd so‘mga chuv tushirdi

16:10