Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi
Trampning yaqin hamkori Tesla bosh direktori Ilon Mask eng katta yo‘qotishlarga uchradi.
Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentligining dastlabki yetti haftasida dunyoning eng boy odamlaridan 5 nafari jami 209 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index (BBI) ma’lumotlaridan oydinlashmoqda.
20 yanvar kuni Trampning inauguratsiya marosimida sayyoraning eng badavlat odamlari – Ilon Mask, Jyeff Bezos, Mark Tsukerberg ishtirok etdi. O‘sha paytda fond bozorlarining tez o‘sishi tufayli ularning boyligi rekord darajaga yetgan edi. Biroq Trampning ikkinchi muddati boshlanishi bilan vaziyat keskin o‘zgardi.
Trampning yaqin hamkori Tesla bosh direktori Ilon Mask eng katta yo‘qotishlarga uchradi, uning boyligi 148 milliard dollarga kamaydi. Kompaniyaning Germaniyadagi savdosi 70 foizga, Xitoyda esa 49 foizga pasaydi. Amazon asoschisi Jyeff Bezos Trampning inauguratsiya fondiga 1 million dollar xayriya qilganiga qaramay, 29 milliard dollarga tushdi. Google asoschisi Sergey Brin 22 milliard dollar yo‘qotgan bo‘lsa, Meta bosh direktori Mark Tsukerberg va LVMH egasi Bernar Arno har biri 5 milliard dollar yo‘qotdi.
Yo‘qotishlar fond bozori qulashi fonida yuz berdi, Tramp lavozimga kelganidan beri S&P 500 6,4 foizga tushib ketdi va bozor qiymati 1,39 trillion dollarni yo‘qotdi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:43 / 28.05.2025