Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Korrupsiya oqibatlariga qarshi «shok terapiya» tarzidagi bunday profilaktik tadbirlardan 2,5 mingdan ortiq davlat xizmatchisi o‘tgan.
Foto: Tengrinews
Qozog‘istonda davlat xizmatchilari mahbuslar o‘tiradigan kameralar, tergov xonalari hamda mahkumlar uchun mo‘ljallangan sayr maydonlari bilan tanishtirilmoqda. Bu haqda mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi Doniyor Bigaydarov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, korrupsiya oqibatlariga qarshi «shok terapiya» tarzidagi bunday profilaktik tadbirlardan 2 510 nafar davlat xizmatchisi o‘tgan.
Bigaydarovning so‘zlariga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasalariga davlat organlari rahbarlari, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, turli darajadagi hokimiyat apparatlarining boshqarmalari va bo‘limlari rahbarlari tashrif buyurgan.
«Mazkur usullar bilan biz davlat xizmatchilarini qo‘rqitishni maqsad qilmaganmiz. Asosiy maqsad — har bir davlat sektori xodimi korrupsiya huquqbuzarliklarining oqibatlari haqida tushunchaga ega bo‘lishi, agar u qonunni buzsa, nimalar kutayotganini bilishi kerakligida», — deydi Antikorrupsiya agentligi vakili.
Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonda 2024 yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 104 nafar fuqaro jami 35,5 million tenge miqdorida mukofot bilan taqdirlangan. Shuningdek, davlat xizmatchilari orasida ham korrupsiya holatlari to‘g‘risida xabar berish holatlari ortgan.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
17:29 / 23.05.2025