Jamiyat | 12:33 / 03.04.2025
6503
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda noqonuniy baliq ovlash natijasida 750 mln so‘m zarar yetkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida joylashgan tabiiy ko‘lda 3 nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda taqiqlangan usulda baliq ovlanayotganligi aniqlandi. 

Illyustrativ foto

Ekologiya vazirligi ma’lum qilishicha, jami 5 ta zog‘ora, 1 ta ilonbaliq, 195 ta do‘ngpeshona, 2 ta karas hamda 5 ta qilich baliq ovlanganligi ma’lum bo‘ldi. 

Natijada tabiatga 752 mln 625 ming so‘m zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid