Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
Endi amrilikka kirayotgan barcha shaxslar tasdiqlangan sanitariya protokollariga rioya qilishlari va o‘z sog‘lig‘i holati haqida ishonchli ma’lumot taqdim etishlari shart.

Foto: Gulf News
Dubay hukumati sog‘liqni saqlash sohasida aholi hamda mehmonlar salomatligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan yangi qonunni qabul qildi. Bu boradagi tegishli hujjat BAA bosh vaziri, Dubay amiri shayx Muhammad ibn Rashid Ol Maktum tomonidan imzolandi.
Yangi qonunga ko‘ra, Dubay amirligiga kirayotgan barcha shaxslar tasdiqlangan sanitariya protokollariga rioya qilishlari va o‘z sog‘lig‘i holati haqida ishonchli ma’lumot taqdim etishlari shart. Xususan, yuqumli kasalliklarga chalingan yoki ularga gumon qilingan shaxslarga alohida e’tibor qaratiladi.
Shunday qilib, turistlar yuqumli kasallik alomatlari paydo bo‘lganda darhol bu haqida xabar berishlari, niqob taqishlari va ijtimoiy masofani saqlashlari shart. Qonun, shuningdek, tibbiyot muassasalari va aholiga ham qat’iy majburiyatlar yuklaydi.
Dubayda yashovchi fuqarolarga yuqumli kasallikka chalingan yoki shunday gumon qilingan taqdirda kasallikni yashirish, shuningdek, Dubay sog‘liqni saqlash boshqarmasining ruxsatisiz yashash joyini tark etish taqiqlanadi (faqat tibbiyot muassasalariga borish bundan mustasno).
Ular majburiy tartibda boshqa insonlar bilan aloqani cheklashlari va tibbiyot xodimlar hamda vakolatli organlarning ko‘rsatmalariga rioya qilishlari shart. Yangi qonunda profilaktika, jamoatchilikni xabardor qilish va aholini sanitariya me’yorlariga rioya etishga jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Qonun rasman e’lon qilingan kundan 90 kun o‘tib kuchga kiradi. U ilgari qabul qilingan va ushbu qonunga zid bo‘lgan barcha me’yoriy hujjatlarni bekor qiladi hamda davlat va xususiy sektorlar o‘rtasida faol hamkorlikni talab etadi.
Mavzuga oid

14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin

11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

11:18 / 25.02.2025
Dubayda 247 ming dollar qarz bo‘lib qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

16:33 / 24.02.2025