Iqtisodiyot | 14:00 / 06.05.2025
1804
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilinmoqda

Prezident tomonidan «Bozor islohotlari va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligiga erishish yanada jadallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.

Foto: O‘zkimyosanoat

Ayrim davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilinmoqda. Xususan:

  • «O‘zkimyosanoat» AJ tashkilotlarining kimyoviy mahsulotlari eksporti «O‘zkimyoimpeks» MChJ orqali amalga oshirilishini;
  • «O‘zkimyosanoat» AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar importi ularning buyurtmalari bo‘yicha «O‘zkimyoimpeks» MChJ tomonidan amalga oshirilishini belgilovchi normalar bekor qilinmoqda.

Shunindek, o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni, shu jumladan, xorijiy valutaga markazlashtirilmagan tarzda yetkazib beruvchi eksportchi korxonalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalarni «O‘zkimyoimpeks» MChJ va uning ishlab chiqaruvchi tashkilotlariga joriy etish haqidagi norma bekor qilinmoqda.

UzGasTrade AJ tomonidan tabiiy gazni import qilish tender, tanlov hamda Hukumat qarori asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalariga ko‘ra amalga oshirilishini belgilovchi norma bekor qilinmoqda.

Ilgari elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan  bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan import tovarlarining DDP (O‘zbekiston) narxidan narx preferensiyasi berilgan edi. Aniqlik kiritilishicha, korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qo‘llanmaydi.

Mavzuga oid