O‘zbekiston | 12:27 / 08.05.2025
11000
1 daqiqa o‘qiladi

Buloqboshida suv toshqini yuzaga keldi

Hodisa Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘og‘i o‘pirilishi oqibatida ro‘y bergan.

Foto: FVV

8 may kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumani Sarvontepa mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘oqlarining biriga shikast yetgan.

Hodisa oqibatida kanal suvi toshib, atrofdagi ko‘chalarni suv bosgan.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, Buloqboshi tumanining kanalga tutash hududlari aholisi evakuatsiya qilinmoqda.

Ushbu ma’lumot olinishi bilan viloyat Norin-Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan suv butkul to‘xtatilgan. 

Hozirda viloyat hokimi boshchiligidagi mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ishchi guruh tashkil qilinib, holat bartaraf etilmoqda. Barcha kerakli texnika vositalari jalb qilinib, jarayon nazoratga olindi.

Tuman hokimi Kun.uz’ga izoh berishicha, hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun 40 ga yaqin texnika jalb qilingan. Suv sizib chiqishini to‘xtatish ishlari davom etmoqda.

Mavzuga oid