Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
Qo‘qondagi korxonadan suyuq ammiak sizib chiqdi. Barcha fuqarolar va zavod ishchilari voqea joyidan favqulodda boshqa joyga ko‘chirildi.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi Qo‘qon shahrida joylashgan korxonada sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qo‘qon shahridagi Indorama Kokand Fertilizers & Chemicals korxonasi ma’muriyatining bergan ma’luotlariga ko‘ra, suyuq ammiak moddasini vagondan maxsus idishga o‘tkazilayotgan vaqtda shlangda yorilish hosil bo‘lib, taxminan 10 foiz ammiak zavod hududiga sizib chiqqan.
Shu munosabat bilan voqea joyiga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, IIB, FVV xodimlari yetib borgan.
Barcha fuqarolar va zavod ishchilari voqea joyidan favqulodda boshqa joyga ko‘chirilgan. 10 yaqin inson tez tibbiy yordamga murojaat qilgan.
«Ayni damda zavodga olib boradigan yo‘llar yopilib, fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan. Barcha kuch va texnik vositalar favqulodda holatni bartaraf etdi. Vaziyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazoratida. Aholidan vahimaga va sarosimaga berilmaslik so‘rab qolinadi», — deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, voqea 20:30 da yuz bergan. Qo‘qondagi korxonaga temiryo‘l orqali olib kelingan ammiak kislotasi poyezd sisternasidan maxsus sisternaga bo‘shatilayotgan vaqtda, kam miqdorda to‘kilish kuzatilgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga tegishli xizmatlar kuch va vositalari jalb etilib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan.
Mavzuga oid

12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

10:36 / 15.03.2025
Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasida ko‘chat tashigan haydovchi ishdan olindi

16:57 / 10.03.2025
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin

20:43 / 28.02.2025