Jahon | 04:59 / 07.05.2015
3590
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlardan reportaj: Germaniyadagi quyun

5 mayda Germaniyaning shimolida to‘fonli shamollar avj olib, bu hududlarda kam uchraydigan tabiiy ofat – quyun kuzatildi. Tabiiy ofat oqibatida 30 kishi turli darajada jarohat oldi, Gamburgda bir kishi shamol ko‘tarib yuborgan tom ostida halok bo‘ldi.

To‘fondan ayniqsa Byuttsov nomli kichik shaharcha ko‘p talofat ko‘rdi. U yerda quyun daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib, o‘nlab mashinalarni to‘ntarib tashladi, bir nechta binolarni barbod qildi va tom ma'noda ko‘chalarni uylar tomlaridan uchirib yuborgan cherepitsalar bilan to‘ldirib tashladi.

Mutaxassislar ko‘rilgan ziyonni baholashmoqda. Ob-havo mutaxassislarining prognoziga ko‘ra, yaqin kunlarda yomon ob-havo sharoiti yana takrorlanishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish