Iqtisodiyot | 21:07 / 23.05.2015
8371
2 daqiqa o‘qiladi

Somalidagi pul bozori

XABARDOR.UZAgar pulni kurak bilan yig‘ishtirib olish shunchaki turg‘un ibora deb o‘ylasangiz, Somalidagi pul bozoriga tashrif buyurishingizni tavsiya qilamiz: u yerda odamlar har kuni shu ish bilan band. Shunga qaramay, ularni boy deb bo‘lmaydi. Negaki son har doim ham sifatni anglatmaydi.

Quyida Somalining Xargeysa shahridagi pul bozoridan fotosuratlar keltirilgan. Bu yerda pul sotiladi.

1. Gap shundaki, Somalining 9 ming shillingi atigi 1 AQSh dollarini tashkil qiladi.

2. Bu, albatta, norasmiy, “qora” kurs baholaridir.

3. Shu bois bu yerda pullar aravalarda tashiladi, savatlarda, qoplarda saqlanadi, yoki shunchaki yerga uyum-uyum qilib to‘kib qo‘yiladi.

4. Bu yerda bankomatlar, banklar, moliyaviy idolar yo‘q – hammasi qo‘lda, o‘zaro ishonch asosida amalga oshiriladi.

5. Ovqat sotib olish uchun somaliliklar bir to‘rva pul ko‘tarib yurishga majbur bo‘lishadi.

6. Somali hanuzgacha dunyodagi eng kambag‘al mamlakatlardan biri bo‘lib qolmoqda.

7. Bu yerdagi eng qadrli valyuta tuyadir. Tuyang qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha boysan.

8. Bozorga odatda bir qop pul olib borishadi.