Sport | 10:00 / 30.05.2015
6465
4 daqiqa o‘qiladi

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati U-20 o‘tkaziladigan shaharlar va stadionlar

30 may kuni Yangi Zelandiyada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga start berildi.
Kichik mundialning dastlabki o‘yinida maydon egalari Yangi Zelandiya yoshlari ukrainalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushishdi. O‘yinda hisob ochilmadi. Bugungi kun taqvimidan AQSh – Myanma, Argentina – Panama va Gana – Avstriya uchrashuvlari o‘rin olgan.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda. Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa guruhdagi dastlabki o‘yinni 1 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:00da boshlaydi. Ularga Gonduras U-20 terma jamoasi raqiblik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 joylashgan “F” guruhdan Gondurasdan tashqari Germaniya va Fiji termalari joy olishgan.
Quyida chempionat o‘tkaziladigan shaharlar va o‘yingohlar haqida ma'lumot beriladi.

1. Oklend shahri. Yangi Zelandiyaning iqtisodiy poytaxtiga 1840 yilda asos solingan. Shahar aholisi 1,4 mln kishini tashkil etadi


Shahardagi North Harbour Stadium markaziy o‘yingohi 1997 yilda qurilgan bo‘lib, 25 317 kishini o‘zida sig‘dira oladi.

2. Danidin shahri Yangi Zelandiyaning janubidagi ikkinchi orolidagi kichik shaharcha bo‘lib, bu shaharga 1848 yilda asos solingan. Ayni vaqtda bu yerda 120 ming kishi istiqomat qiladi.


Shahardagi Otago Stadium stadioni 2011 yilda barpo etilgan. Bu o‘yingoh tribunalarida 23 095 kishi o‘tirib, o‘yinlarni tomosha qilishi mumkin bo‘ladi.

3. Nyu-Plimut shahri Tarakana tumanining ma'muriy markazi hisoblanadi va bu shahar dengiz qirg‘og‘ida joylashgan. Shahar aholisi 74 ming kishidan iborat.


Shahardagi markaziy futbol stadioni Stadium Taranaki deb nomlanadi va bu stadion 2002 yilda qurilgan, sig‘imi 18709 kishi.

4. Fangarei Yangi Zelandiyaning eng kichik shaharlaridan biri bo‘lib, tog‘ etagidagi bu shahar 1839 yilda barpo etilgan. Ayni vaqtda bu yerda 54 ming kishi istiqomat qiladi.


Northland Events Centre stadioni 1965 yilda qurilgan. Sig‘imi esa 8016 kishi hisoblanadi.

5. O‘zbekiston terma jamoasi turnirdagi ilk o‘yinlarini o‘tkazadigan Kraysterch shahri 1848 yilda bino bo‘lgan. Yirikligi bo‘yicha mamlakatda uchinchi o‘rinda turadigan bu shaharda 341 ming kishi umrguzaronlik qiladi.


Mamlakatning eng ko‘hna stadioni Christchurch Stadium 1912 yilda qurilgan. Bu o‘yingohda 17308 kishi bahslarni kuzatishi mumkin bo‘ladi.

6. Gamilton shahri 1830 yilda barpo qilingan va hozirda bu shaharda 153 ming kishi yashaydi.


Daryoning ikki yoqasidagi bu shaharning markaziy o‘yingohi Waikato Stadium 2002 yilda foydalanishga topshirilgan. Sig‘imi - 24237 tomoshabin.

7. Vellington Yangi Zelandiyaning rasmiy poytaxti hisoblanadi. Bu shahar orol ichkarisidagi ko‘l atrofida 1840 yilda barpo bo‘lgan. Shahar aholisi 393 min kishi.


Wellington Regional Stadium o‘yingohi 2000 yilda qurilgan bo‘lib, 35187 nafar tomoshabin uchun mo‘ljallangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish