Fan-texnika | 14:24 / 19.06.2015
4276
4 daqiqa o‘qiladi

Le-Burjye aviasalonidan eng zo‘r kadrlar

Le-Burjye xalqaro saloni — jahondagi aviatsiya texnikalrini namoyish etuvchi ko‘hna ko‘rgazmalardan biridir. Ilk marta 1908 yilda ochilgan. Hozirda ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
Harbiy-transport samolyoti Airbus A400M


“Havo mahluqi”ga Yevropadan ko‘plab buyurtmalar tushmoqda. Uni tayyorlash ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Bitta ana shunday samolyotni yasash 26 milliard yevroga tushadi. Ammo shunga qaramay 11dona mashina tayyorlanib bo‘lgan. Havoga 37 tonna yuk olib chiqish qudratiga ega bu samolyotni buyurtma qilayotgan davlatlar, jumladan, Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya o‘zlarining harbiy sohaga yo‘naltirilgan byudjyetlarini qisqartirishlariga to‘g‘ri keldi. Chunki samolyot ancha qimmat turadi-da.
Le-Burjye aviasaloni tomoshabinlari


Fransiyada bir hafta davomida bo‘lib o‘tuvchi bu ko‘rgazmada 300 mingga yaqin mutaxassis va aviatsiya ishqibozi ishtirok etadi.
Airbus A380 avialayneri


Yer yuzidagi eng yirik yo‘lovchi tashuvchi avialayner hisoblanuvchi A380 2007 yildan buyon ishlab chiariladi. Mashina havoga bir vaqtning o‘zida 560 tonna yuk va 853 nafar yo‘lovchiga qadar olib chiqa oladi.
Le-Burjyedagi “Aeroflot” styuardessalari

Aviasalonning statistik maydoni



Frantsuz harbiy havo kuchlariga qarashli bo‘lgan Tiger HAD hujum vertolyotining tumshuq qismi
Yana bir umumevropa mahsuloti: Eurocopter konserniga qarashli bo‘lgan Tiger hujum vertolyoti. Ilk marta 1991 yil parvoz qilgan mashina 2002 yilga kelib qurollantirilgan. Vertolyotdan Fransiya, Ispaniya, Germaniya va Avstraliya harbiy havo kuchlarida foydalaniladi.

Fransiya harbiy havo qo‘shinlariga qarashli 1-vertolyot polki uchuvchisi Tiger HAD salonida.
Xohlovchilarga 3D o‘lchamda Boeing 777-300ER avialaynerini boshqarish sirlari o‘rgatiladi.
Dassault Falcon 8X biznes-jyeti


Uch dvigatelli yangi biznes-jyet Falcon 8X birinchi marta 2015 yilning fevralida havoga ko‘tarilgan edi. Mashina Falcon 7X samolyoti bazasi asosida yaratilgan bo‘lib, turli sharoitga qarab 8 nafardan 19 nafargacha yo‘lovchini manziliga yetkazishi mumkin.
“Antonov” kompaniyasi stendidagi An-132 samolyoti modeli


An-132 — Ukrainaning yengil harbiy-tarnsport samolyoti bo‘lib, An-32 mashinasining ancha zamonaviylashtirilgan ko‘rinishi desa ham bo‘ladi. Yuk ko‘tarish quvvati — 9,2 tonnagacha. Samolyotni Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Boeing 787 Dreamliner avialayneri dvigatellaridan biri


Qatar Airways aviakompaniyasining Airbus A380 avialayneri birinchi klass saloni intereri.

Statistik maydondagi elektrli Airbus E-Fan 2.0

Ekologik tozadvigatelga ega samolyotning prototipi. Ikki o‘rinli ushbu mashina ilk bor havoga 2014 yilning martida ko‘tarilgan. U 500 kilogrammgacha yuk ko‘tarishi va havoda 45 daqiqagacha bo‘lishi mumkin. Airbus ning va'da berishicha, u 2019 yilga kelib, ana shunday modelning to‘rt o‘rindiqligini ishlab chiqaradi.
Boeing 787 Dreamliner parvoz namoyishidan oldin


Aviasalona ekspozitsiyalari


Avialayner Airbus A350 Le-Burjyening yozgi dasturida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish