Fan-texnika | 18:15 / 23.06.2015
3165
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonda Artel’ning maxsus magazini ochildi
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Artel brendining ixtisoslashgan do‘koni ochildi.
Ayni paytda Bishkek va Jalolobod shaharlarida distribyutorlik markazlari va do‘konlarini ochish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Artel brendining qo‘shni respublikalarga chiqishi hamda bu yerdagi faoliyatini kengaytirishi mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik asosida amalga oshirilmoqda. Jumladan, qozog‘istonlik tadbirkorlar O‘zbekiston kompaniyasining savdo markazlarini Olma-Ota, Ostona, Qustanay va Oqtepa shaharlarida ochish ustida ish olib borilmoqda.
Bundan tashqari, kompaniyaning filiali Afg‘onistonda ham ochilgani haqida axborot berilgan edi.