O‘zbekiston | 11:52 / 25.06.2015
6524
5 daqiqa o‘qiladi

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish mavzusida videokonferensiya o‘tkazdi

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona organlarining hududiy axborot xizmatlari xodimlari va mahalliy jurnalistlar uchun “Bojxona organlari axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida o‘quv-amaliy videokonferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur seminarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti va O‘zbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining jurnalistika bo‘yicha professor-o‘qituvchilari dolzarb mavzulardagi ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bojxona boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan Axborot xizmatlari xodimlari, shuningdek bojxona sohasini yoritishga ixtisoslashgan 60dan ortiq mahalliy jurnalistlar va muxbirlar virutal tarzda qatnashgan mazkur seminarda soha oldida turgan muhim vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatining oshkoraligini ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va keng jamoatchilikning bojxona organlarida amalga oshirilayotgan turli yo‘nalishlardagi keng qamrovli islohotlarning borishi to‘g‘risida muntazam xabardor qilish bojxona tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini, mahalliy va horijiy ommaviy axborot vositalarini bojxona organlari faoliyatiga dahldor ma'lumotlardan xabardor qilish bo‘yicha Davlat bojxona qo‘mitasi ko‘p yillik tajribaga ega.

Qo‘mita tomonidan jamoatchilik vakillari va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini bojxona organlari faoliyatining dolzarb jihatlari, yagona bojxona siyosatini amalga oshirish masalalari, bojxona qoidalari, tartiblari, soha bo‘yicha qabul qilinayotgan yangi me'yoriy hujjatlar, ulardagi o‘zgarishlar, sohada ro‘y berayotgan yangilanishlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilib borish, shu maqsadda ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ular bilan axborotlar almashish, ma'lumotlarni OAVda va Internet tarmog‘ida yoritish, tashqi foydalanuvchilar uchun doimiy ravishda turli ma'lumotlar taqdim etishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Buning uchun Davlat bojxona qo‘mitasi va hududiy boshqarmalarda faoliyat yuritayotgan Axborot xizmatlari o‘z faoliyatlarini samarali tashkil etish maqsadida yetarli moddiy texnik baza bilan ta'minlangan.

Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi va hududiy bojxona boshqarmalarining sa'y-harakatlari tufayli markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida bojxona sohasiga oid qator materiallar e'lon qilinib borilmoqda. Soha xodimlarining mas'uliyatli faoliyati telelavha, eshittirish va maqolalarda  keng yoritilmoqda.

Jumladan, 2015 yilning o‘tgan 5 oyi davomida markaziy va mahalliy  bosma va elektron nashrlarda600 gayaqin maqolalar chop etilgan bo‘lsa, respublika va viloyat televideniyelarida340 gayaqin telelavhalar efirga uzatildi, turli radiokanallarda esa 550dan ortiq eshittirishlar berildi.

2015 yilning o‘tgan davri mobaynida Davlat bojxona qo‘mitasi va tarkibiy tuzilmalari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan350 gayaqin, keng jamoatchilik o‘rtasida 515 ta uchrashuvlar tashkil qilindi.

Bu borada Andijon, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar bojxona boshqarmalari, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Axborot xizmatlari sezilarli natijalarga erishishmoqda. 

Bojxona tizimidagi yangilanish va o‘zgarishlar haqida nafaqat mamlakatimiz ichkarisidagi jamoatchilikni balki, tashqi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida xabardor qilib borish, ularning o‘zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni o‘z vaqtida olishlarini ta'minlash maqsadida Internet tarmog‘ida Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy www.customs.uz veb-sayti 2001 yilda buyon muntazam faoliyat yuritib kelmoqda. Ayni kunlarda esa qo‘mita veb-saytining takomillashtirilgan versiyasini ishga tushirish borasida yakuniy ishlar amalga oshirilmoqda.

2015 yil 5 oyi mobaynida saytga respublikamiz hayotiga oid siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy mavzularda hamda bevosita bojxona organlari faoliyatiga doir 90 dan ortiq turli axborotlar joylashtirildi.

Seminar davomida ishtirokchilar tashkilot faoliyati ochiqligini ta'minlashda Axborot xizmatlarining o‘rni, Internet tarmog‘ida e'lon qilingan noto‘g‘ri ma'lumotlarga raddiyalar tayyorlashda ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan ustuvor jihatlar,  jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishda psixologik omillar kabi bir qator qiziqarli mavzular bo‘yicha bilim va malakalarini oshirishdi.

Qizg‘in muhokamalar asosida bo‘lib o‘tgan videokonferensiya yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish