Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada 34 nafar maktab o‘quvchisini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi
Belgiyaning G‘arbiy Flandriya viloyatida britaniyalik 34 nafar maktab o‘quvchisini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida havdovchilardan biri halok bo‘ldi, ikkinchisi og‘ir jarohat oldi. Bu haqda voqea yaqinida joylashgan Middelkerk shahri meri Jannu Rommel-Opstayelga iqtibos keltirgan holda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.

O‘quvchilardan ba'zilari yengil jarohatlar bilan shifoxonalarga va mahalliy tibbiyot markazlariga jo‘natildilar.
Shahar merining aytishicha, avtobus maktab sayohatlarini amalga oshiradigan Britaniyaning NST kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ichida 34 nafar o‘quvchi, ularni kuzatib borayotgan 6 kishi va ikki nafar haydovchi bo‘lgan avtobus trassa chetidagi qiyalikdan tushib ketib, ag‘darilib ketgan. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lumligicha qolmoqda.




