Fan-texnika | 18:08 / 01.07.2015
6905
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda 3D-bosma yordamida quriladigan dunyodagi birinchi bino qad ko‘taradi

Dubayda 3D-bosma yordamida qurilgan dunyodagi birinchi ofis binosi qad ko‘taradi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ushbu qurilishni Dubay hukumati va 3D-printerlar bozorida o‘zini birinchilardan bo‘lib namoyon etgan Xitoyning WinSun Global kompaniyasi amalga oshiradi.

Qayd etilishicha, yangi bino 185 kv metr maydonda 6 metrli printer yordamida qatlam-qatlam qilib bosib barpo etiladi. Qurilish materiallari sifatida gips, temirbeton, plastik va temir to‘rga ega shisha tola ishlatiladi.



Quruvchilar bosma yordamida nafaqat binoning asosiy elementlarini, balki ichki bezaklari va mebel jihozlarini ham yaratishni rejalashtirishmoqda.

Loyiha tashkilotchilari bunday texnologiyadan foydalanish klassik usuldagi qurishga nisbatan vaqtni 50-80 foizga tejashga yordam berishiga hamda mehnat sarflarini minimal darajaga keltirishga umid bildirmoqda.

Ushbu qurilish joriy yilda boshlangan “Museum of the Future” (“Kelajak muzeyi”) loyihasining bir qismi hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish