Light | 01:40 / 11.07.2015
10166
1 daqiqa o‘qiladi

“Minor” jome masjidida xatmona 13 iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahrining eng muhtasham jome masjidlaridan biri “Minor”da tarovih namozlarida xatmi Qur'on davom etmoqda. Jome masjidida Qur'oni karimni Sadriddin qori Hamidov, Muhammadloyiq qori Aminov va Abduqodir qori Sayfuddinovlar tilovat qilib berishyapti.

“Minor” jome masjidida Qur'oni karim xatmonasi Ramazonning 27-kechasi (Qadr kechasi), 13 iyul, dushanba kuniga belgilangan.

Xatmonaga ilm ahllari, ulamolar va qorilar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Manba: qadriyat.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish