Jahon | 12:02 / 11.07.2015
5172
1 daqiqa o‘qiladi

Ashxobodda yirik xalqaro aeroport quriladi

Ashxobodda 2016 yilning avgust oyiga qadar soatiga 1600 nafar yo‘lovchi o‘tkazish qobiliyatiga ega va istalgan turdagi samolyotni qabul qila oladigan xalqaro aeroport qurish rejalashtirilmoqda.

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining keygaytirilgan majlisida aeroportni qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalari e'lon qilindi.

Unga ko‘ra aeroport qurilishi 2016 yilning yanvaridan turklarning “Polimeks” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi boshlanadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, loyiha qiymati 2,2 mlrd dollarga baholangan.

“Polimeks” qurilish kompaniyasi Turkmanistonda mustaqillik yillarida 120ga yaqin turli obektlar qurilishini amalga oshirgan. Xususan kompaniya tomonidan Kaspiy dengizi bo‘yidagi Turkmanboshi shahri aeroporti ham qurilgan.

“Turkman havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasida aeroport dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining maxsus uskunalari bilan jihozlanishi va xizmat ko‘rsatishning xalqaro standartlariga mos kelishi ma'lum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish