Fan-texnika | 17:10 / 14.07.2015
4317
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada lyuks avtomobillar uslubidagi iPhone 6 paydo bo‘ldi

O‘zining "Putinfon" va "Rusofon"lari bilan mashhur bo‘lgan rus-italyan brendi Caviar telefonlarni avtomobil ko‘rinishida bezash bo‘yicha ish olib bormoqda. Kompaniya shu maqsadda Motore d’Oro kolleksiyasini namoyish qildi. Bu haqda "Hi-tech mail.ru" nashri xabar tarqatdi.

Oldinroq, mazkur kompaniya musulmonlar va provaslavlar uchun diniy Credo telefonini taqdim qilgandi. Shuningdek, yaqinda korxona tomonidan maxsus "Prezident iPhone"i va 3 million rubllik Apple Watch aqlli soatlari yaratilgandi.

Kompaniya tomonidan tayyorlanadigan avtomobil telefonlar ustida hashamatli yaxta va mototsikllar dizaynida ishlovchi Daniel Matstsoni ish olib boradi. Uning dizayni Ferrari avtomobilidan ilhomlangan va Ferrari LaFerrari rusumli avtomobil kuzovini yodga soladi. Model titan va karbondan tayyorlangan.

Mazkur yangi turdagi telefon modellari narxi 129 000 dan 169 000 rublgacha sotilishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish