Jahon | 21:39 / 16.07.2015
7161
1 daqiqa o‘qiladi

Eronliklar ijtimoiy tarmoqlarda Isroil bosh vazirini mazax qilishmoqda

Eronliklar ijtimoiy tarmoqlarda Eron va “oltilik”ning kelishuvga erishganidan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning noroziligi ustidan kulishmoqda, deb xabar bermoqda The Jerusalem Post nashri.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Eron yadro kelishuvi bo‘yicha o‘zlarining fikrlarini ijodiy yondashgan holda bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Eronlik karikaturachi BMTdagi nutqi davomida terlab ketgan Netanyahuni tasvirlagan hajviy rasmi bilan o‘ziga e'tiborni tortdi. Ushbu suratda Netanyahu bir qo‘lida Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarifning boshidan pilta (portlovchi zaryadni portlatish uchun pilik) chiqib turgan suratni ushlab turibdi.

Shunga o‘xshash suratlar internetda ommalashib ketdi. Eronning rasmiy tvitterida kelishuv muvaffaqiyatli yakunlanganiga e'tiborni qaratuvchi kesatiq yangilik ham paydo bo‘ldi.