Jahon | 17:53 / 17.07.2015
2966
1 daqiqa o‘qiladi

Afinadagi yong‘in: ijtimoiy tarmoqlardan reportaj

17 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Afina shahrining sharqiy qismidagi Gimet tog‘ida kelib chiqqan kuchli yong‘in haqida ma'lumot berishdi. Tutun Gretsiya poytaxtining markazigacha yetib keldi. Shamol tufayli yong‘in tezda katta hududni qamrab oldi. Yong‘inni o‘chirishga samolyot va vertolyotlar yuborildi. 

Yong‘inga qarshi qurashayotgan yetti o‘t o‘chirish samolyotidan biri favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi, ammo uchuvchilarga zarar yetmadi.

Zarar ko‘rganlar haqida axborot berilmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda afinaliklar voqea joyida olingan ko‘plab suratlarni e'lon qilishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish