Jahon | 20:15 / 29.07.2015
8656
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston afg‘onistonliklarga maktab qurib berdi

Afg‘oniston shimolida O‘zbekiston mablag‘lari hisobidan maktab qurildi. Bu haqda o‘zbekistonlik olim Shuhrat Barlos o‘zining feysbuk sahifasi orqali ma'lum qilgan.


Uning yozishicha, Balx viloyati, Mozori Sharif shahridagi bu yangi maktab "O‘zbekiston temir yo‘llari" Davlat aksionerlik kompaniyasiga tegishli "So'g'diyona Trans" korxonasi tomonidan 2014 yildan beri qurilayotgan va endilikda bu o‘rta ta'li maktabi Afg‘oniston Maorif vazirligiga foydalanishga topshirilgan.


Feysbukka joylashtirilgan suratlardan birida maktabga kirish qismidagi yozuv aks etgan bo‘lib, unda o‘zbek tilida, arab va lotin yozuvlarida «Ushbu maktab O‘zbekiston xalqidan Afg‘oniston xalqiga sovg‘a sifatida 2014 yilda qurilgan», deb yozilgan.