Jahon | 22:58 / 05.08.2015
2716
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi

Chexiyaning janubida yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashib ketishi oqibatida og‘ir jarohatlar olgan 7 kishi hamda kamroq darajadagi jarohat bilan 30 kishi shifoxonaga yotqazildi.

Halokat Gorajdevitse shahri stansiyasida yuz berdi. Harakatlanishni boshlagan Brno-Plzen yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi yo‘lovchi poyezdining oxirgi ikkita vagoni temir yo‘l izidan chiqib ketib, stansiyada turgan, qarama-qarshi tomonga yo‘nalishi kerak bo‘lgan boshqa poyezdning lokomotivi va birinchi vagonlariga urildi.

Hammasi bo‘lib ikkala poyezdda 200 ga yaqin odam bo‘lgan.

Jarohat olganlarga yordam berish uchun uchta vertolyot va bir nechta “tibbiy yordam” avtomobillari keltirilgan.

Temir yo‘lchilar yo‘llarni tartibga solmoqdalar. Poyezdlar qatnovi ikki yo‘nalish bo‘yicha taxminan yarimkechga berkitiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish