Jahon | 22:00 / 05.08.2015
10346
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada 16 ta qora delfin o‘zini sohilga otdi

Kanadaning Yangi Shotlandiya viloyati aholisi noma'lum sabablarga ko‘ra o‘zini sohilga otgan 16 ta qora delfinni aniqladi.

Delfinlarni aniqlaganlar zudlik bilan ularni qutqarishga tushib ketishdi. Ular mutaxassislar kelguncha delfinlar tashnalikdan halok bo‘lmasligi uchun ularning ustidan chelaklardan suv qo‘yib turishdi. Biroq qutqaruvchilarning barcha urinishlariga qaramasdan, hamma delfinlarning ham hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi, ulardan 6 nafari halok bo‘ldi.

Qolgan delfinlarni Atlantika okeaniga ortga qaytarishga muvaffaq bo‘lindi.

Qayd etilishicha, delfinlarning ommaviy tarzda o‘z joniga qasd qilishi kuzatilgan eng yirik holat 2013 yilda yuz bergan. O‘shanda AQSh sohili bo‘ylab 230 ga yaqin delfin o‘zini sohilga otib chiqargan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish