Jamiyat | 17:56 / 11.08.2015
5444
1 daqiqa o‘qiladi

“Santyago Bernabeu” stadioni uslubida qurilgan masjid

Malayziyadagi mazkur noyob inshoot 5 yil (2004-2009 yillar) mobaynida bunyod etilgan. Obida Tuanku Zaynal Obidin yoki Temir masjid deb ham ataladi va u Putra masjididan so‘ng Malayziyadagi ikkinchi yirik masjid sanaladi. Inshootda 24 000 mo‘min-musulmon ibodat amallarini bajarishi mumkin.

Ushbu temir masjid Ispaniyaning mashhur “Real Madrid” futbol jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Santyago Bernabeu” stadioni va Fransiyadagi Milliy kutubxona uslubida qad rostlagan. Masjid mehrobining devorlari 13 metrli oynadan ishlangan. Mehrobning o‘ng tomoniga “Baqara” surasi, chap tomoniga esa “Ibrohim” surasi bitilgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish