Jahon | 09:49 / 16.08.2015
26606
3 daqiqa o‘qiladi

12 ta noodatiy davlat chegarasi

Biz odatda davlat chegarasi deganda tishigacha qurollangan chegarachilar, irrillab turgan afcharkalar, ignali to‘siqlar va mustahkam pasport nazoratini tasavvur qilamiz. Biroq davlat chegarasi doim ham bunday ko‘rinish olmasligi mumkin! Ba'zi mamlakatlar orasidagi chegara - trotuar yoki qishloq ko‘chasidan o‘tgan ramziy chegaradir.

Germaniya — Chexiya

Germaniya hamda Chexiya orasidagi ulug‘vor chegara. Chegara ko‘rinishi ta'rifiga til ojiz.

Norvegiya — Shvetsiya

Norvegiya va Shvetsiya o‘rtasidagi chegaradan tushish mana shunday ko‘rinishga ega.

Polsha — Ukraina

Polsha va Ukraina orasidagi mazkur yirik baliq bu ikki davlat chegarasining shartliligini anglatadi. Uning yaratuvchisi – polshalik rassom Yaroslav Kozyara.

Shvetsiya — Finlyandiya

Shvetsiya va Finlyandiya chegarasida bemalol golf o‘ynasa bo‘ladi.

Argentina — Braziliya — Paragvay

Chapda tomonda — Argentina, o‘ng tomonda — Braziliya, o‘rtada — Paragvay.

Braziliya — Urugvay

Bu mamlakatlar o‘rtasidagi chegara to‘g‘ri trotuar orqali o‘tgan. Chap tomonda — Braziliya, o‘nda — Urugvay.

Kanada — AQSh

Mana bu mamlakatlar o‘rtasida o‘rnatilgan chegara barisidan qiziq. U Derbi Layn shaharchasidagi bino orasidan kesib o‘tgan.

Belgiya — Niderlandiya

Kafega Niderlandiya tomonidan kirib, Belgiya tomondan chiqdik. Ha, sehrli kafe mana shu bo‘ladi.

Nepal — Xitoy Xalq Respublikasi

Barchamizga tanish Everest cho‘qqisining o‘zida Nepal va Xitoy Xalq Respublikasi chegarasi o‘rnatilgan.

Germaniya — Niderlandiya

Germaniya va Niderlandiya orasidagi chegara Eurode biznes-markazida metall chiqib bilan belgilangan. Pochta qutisining chegaraning har ikki tomonda joylashganiga qaramay, unga tashlangan xatlar o‘z manziliga bir haftadan so‘ng yetib boradi. 

Rossiya — AQSh

Mana bu joy Rossiya va AQSh o‘rtasidagi chegara hisoblanadi. Bu orol Chukotka va Alyaskadan 35 km. uzoqlikda joylashgan. Shunga qaramasdan, ular o‘rtasidagi vaqt oralig‘I 21 soatni tashkil etadi.

Xitoy Xalq Respublikasi - Mongoliya

Bu ikki davlat o‘rtasidagi chegarada biror noodatiy narsa yo‘q. Shunchaki ikki dinazavr bir-biri bilan o‘pishib turibdi, xolos.

Manba: Xabardor.uz