Jahon | 02:03 / 17.08.2015
3044
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvadorda Kotopaxi vulqoni otila boshladi

14 avgusta Ekvadorda dunyodagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadigan Kotopaxi vulqoni otila boshladi. Vulqon 8 km gacha balandlikka kul ustunini otdi. Vulqon otilishiga “sariq” xavfsizlik darajasi berildi.
Mahalliy aholi va ushbu joyda bo‘lgan sayyohlarga nafas olishni yengillatish uchun tibbiy niqoblar tarqatildi: kul yupqa qatlam bo‘lib cho‘kmoqda va havoda uchib yuribdi. Odamlarga yopiq qiyim kiyish va iloji boricha ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilinmoqda.
Bu orada ijtimoiy tarmoqlar vulqon otilishi va uning oqibatlari aks etgan o‘nlab suratlar va videolar bilan to‘lib-toshib ketdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish