Jamiyat | 00:27 / 17.08.2015
42290
1 daqiqa o‘qiladi
Rayhonning singlisi Nasiba va uning qallig‘i Jamshidning to‘yidan lavhalar
Bugun, 16 avgustda xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhonning singlisi Nasiba Shokirova va uning qallig‘i Jamshidning nikoh kechasi bo‘lib o‘tdi.
Nasiba va Jamshidning to‘yi 16 avgust kuni Toshkentdagi serhasham “Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tdi. Rayhon onasidan yodgorlik bo‘lib qolgan singlisini katta oilaviy hayot yo‘liga kuzatib, unga o‘z oq fotihasini berdi.
Xonanda singlisining to‘yiga bag‘ishlab “Kelinchak” qo‘shig‘ini yaratdi va uni to‘yda singlisi uchun kuylab berdi. Qo‘shiq taqdimoti 17 avgust kuni bir qator radiostansiyalarda bo‘lib o‘tadi.
Suratlar manbasi: instagram.com