Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi lo‘lilar g‘alayoni Yevropadagi asosiy yo‘llardan birida harakatni to‘xtatib qo‘ydi
Yevropadagi eng asosiy va serqatnov yo‘llardan biri A1 avtomagistralida har ikki yo‘nalishda ham qatnovlar to‘xtab qoldi. Bunga yo‘lga yaqin hududda joylashgan tabordagil lo‘lilar tomonidan 28 avgust kunidan boshlab norozilik namoyishlari sabab bo‘ldi.
Le Figaro nashrida bu holat "syurrealistik manzara" sifatida baholangan.

Ma'lum qilinishicha, bu namoyishlar 25 avgust kuni noma'lum jinoyatchi tomonidan tabordagi 4 kishining otib o‘ldirilishidan so‘ng (qurbonlar orasida yosh bola ham bor) boshlangan. Namoyishchilar halok bo‘lganlardan birining dafn marosimida qatnashishi uchun uning qamoqxonadagi o‘g‘li ozod qilinishini talab qilishmoqda.
Parij shahridan taxminan 100 km masofadagi bu hududda lo‘lilar avtomobillar shinalarini yoqib, ulkan gulxan hosil qilishgan. Atrofdagi daraxtlar kesilib, bu gulxan yanada alangalatilgan. Natijada bu gulxan yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.
Somma departamenti hukumati vaziyat o‘ta jiddiyligini tan olgan. Tartibni saqlash kuchlari hududni nazorat qila olmay qolgan. Qat'iy choralar isyonning yanada kengayishiga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda.
Ayni vaqtda Lill shahriga boruvchi yo‘lda ko‘pkilometrli tirbandlik hosil bo‘lgan. Kichik yo‘llarda ham harakatlanish qiyinlashgan.
Minglab sayyohlar va dam olishga chiqqnlar tunni o‘z mashinalarida o‘tkazishga majbur bo‘lishgan.
29 avgust kuni tongida hukumat vaziyatni o‘nglash borasida ijobiy siljish kuzatilmayotganini ma'lum qilgan.
Qayd etish joizki, bu voqealar fonida Fransiya politsiyasi 28 avgust kuni La-Kurev shahrida joylashgan eng eski lo‘lilar qarorgohida tozalash o‘tkazgandi.
