Jamiyat | 08:28 / 08.09.2015
7505
4 daqiqa o‘qiladi

KUN.UZ dayjesti: 7 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 7 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim xabarlarni takroran havola etamiz.

Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha dastur qabul qilindi>>

Dastur mintaqada suv resurslaridan samarali foydalanish tizimini takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Bu yo‘nalishda O‘zbekiston 1.099 mlrd dollarlik 8ta loyihani amalga oshiradi. O‘zbekiston bu loyihalarning 388.3 mln dollarlik qismini o‘z zimmasiga oladi, kreditlar 678 mln dollarni, grantlar 33 mln dollarni tashkil qiladi.

 

O‘zbekistonning 6 ixtisoslashtirilgan tibbiy markazi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi>>

O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan 6 ixtisoslashtirilgan tibbiy markazi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

 

Poroshenko Donbassdagi voqealar qanday yo‘llardan rivojlanishi mumkinligini aytdi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning fikricha, Donbassdagi voqealar uch xil yo‘ldan borishi mumkin. Bu haqda u milliy telekanalga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

 

AQSh prezidentligi uchun Garvard professori ham kurash olib boradi>>

AQShdagi prezidentlik saylovi kampaniyasiga yana bir nomzod kelib qo‘shildi. Garvard universitetining professori, huquqshunos Lourens Lessig nomzodi Demokratlar partiyasi tomonidan ilgari surildi.

 

Sunday Express: Qochqinlar qiyofasida Yevropaga 4 ming IShID jangarisi kirib oldi>>

Sunday Express gazetasining IShIDdagi anonim agenti ma'lumotiga asoslanib yozishicha, Yevropaga jangarilarni kiritish operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlangan.

 

Lavrov: Moskva hech qachon Suriya hukumatiga harbiy texnika yetkazib berganini yashirgani yo‘q>>

Moskva hech qachon Suriya hukumatiga harbiy texnika yetkazib berganini yashirmagan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan telefon muloqoti chog‘ida aytib o‘tdi.

 

2015 yilning 1-yarim yilligida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 56 foizga qisqargan>>

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari hajmi 2015 yilning ikkinchi choragida 784 mln dollarni tashkil etdi. Bu esa 2014 yilning shu holatiga nisbatan 56,13 foiz pasayish demakdir.

 

Chagayev-Okendo o‘rtasidagi revansh jangi 17 oktabr kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi>>

Promouter Timur Dugazayev superog‘ir vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha chempion Ruslan Chagayev (O‘zbekiston, 34-2-1, 21 KO) va Fres Okendo (Puerto-Riko, 37-8, 24 KO) o‘rtasidagi revansh jangi bo‘lib o‘tadigan manzilni e'lon qildi.

 

Stounxenj ostida ulkan tarixiy yodgorlik topildi>>

Britaniyadagi mashhur yodgorlik –Stounxenj ostidan neolit davriga oid diniy inshoot topildi. U 4.5 m gacha bo‘lgan toshlardan tashkil topgan. Monolitlar 90 sm chuqurlikdan radarlar yordamida topildi.

 

O‘zbekistonga yozgi ob-havo qaytishi kutilmoqda>>

Yaqin kunlarda Toshkentda kunduz kuni issiq ob-havo 35 darajaga qadar ko‘tarilishi kutilmoqda.