Jamiyat | 15:21 / 19.09.2015
10488
1 daqiqa o‘qiladi
Falaj onasini tishi orqali ovqatlantirayotgan qo‘lsiz bola internetda mashhur bo‘ldi
Chen Sin-Inning hayoti juda og‘ir kechdi: yetti yoshida elektr toki urishidan ikkila qo‘lidan ayrildi, ammo shunga qaramasdan dalada ishlay boshladi. U 20 yoshligida otasi vafot etdi, yigit onasi bilan yolg‘iz qoldi. Onasining sog‘lig‘i ham kundan-kunga yomonlashdi. Chen Sin-Inga tilanchilik qilishni taklif qilishdi, ammo u hali oyoqlari sog‘ ekanigini ta'kidlab, buni rad etdi.
Chen oyoqlari yordamida ovqat tayyorlashni, dalada ishlashni va savat to‘qishni biladi. 2014 yildan buyon u 91 yoshli keksa onasiga kuni bilan g‘amxo‘rlik qiladi. U hattoki onasini qoshiq bilan ovqatlantiradi. U qoshiqni tishlarida ushlaydi. Chen ayniqsa, qish vaqtlarida juda qiynaladi. U paypog‘ini qiynalib kiyadi va ko‘pincha sovuq olishidan azob chekadi.