Uyqu elitgan mashhur siyosatdonlar
Uyqu oldida barcha birdek ojiz bo‘lib qoladi. og‘ir o‘tgan ish kunidan so‘ng talaba ham, rahbar ham barcha birdek qattiq toliqadi. Bu charchoqlar xalqaro siyosatdonlarni ham chetlab o‘tmaydi, albatta. Ular ham charchashadi va doim ham oyoq uzatib dam olishga imkonlari bo‘lmaydi. Quyida keltirilayotgan suratlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
1. 2011 yilda Rimda bo‘lib o‘tgan harbiy parad paytida Silvio Berluskoni boshini baland tutgan holda, hech kimdan andisha qilmay uxlayapti. Uning ortida ostida Italiya Senati spikeri Renato Shifani turibdi.
2. 2008 yilda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT xavfsizlik masalalari majlisida Buyuk Britaniya bosh vaziri Gordon Braun shiringina uyquga ketgani kadrlarda muhrlanib qoldi.
3. 2011 yilda Kuba poytaxti Gavana shahrida bo‘lib o‘tgan 6-Kuba kommunistlari kongressida mamlakat sobiq prezidenti Fidel Kastro mudrab qoldi.
4. 2012 yilning may oyida Avstriya parlamentida zo‘ravonlik va mahalliychilik qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan marosimda mamlakat prezidenti Xaynts Fisherni uyqu ilitdi.
5. Qirolicha Yelizaveta 2004 yilning noyabr oyida Dyusseldorfdagi universitet gospitalida bo‘lib o‘tgan tadbirda uxlab qoldi.
6. Bu siyosatdonlar Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe hamda Yaponiya moliya vaziri Taro Aso hisoblanishadi. Ular birgalikda 2013 yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan byudjyet komitetining majlisida uyquni urishmoqda.
7. Fransiya prezidentini Fransua Ollandni 2014 yilda Yelisey saroyida uyqu ustida qo‘lga olishdi.
8. Bu yana bosh vazir Shinzo Abe va yana o‘sha majlisdagi yoqimli uyqu holati. Faqat sanasi boshqa: 2015 yilning 2 fevrali.
9. AQShning vitse-prezidenti Jo Baydenga 2013 yil 6 sentabrda Vashingtonda bo‘lib o‘tgan AQSh ichki ishlar xavfsizligi vaziri Janet Napolitoning bayram kechasida uxlashga to‘g‘ri keldi.
10. Barak Obama (hali senatorlik payti) Xalqaro aloqalar qumitasining majlisi paytida o‘zini uyqudan tiya olmadi.
11. Uganda prezidenti Yoveri Museveni uxlash uchun Somali masalasi bo‘yicha 2013 yilning may oyida Londonda bo‘lib o‘tgan konferensiya vaqtini tanladi.
12. Fransiya Milliy assambleyasi sobiq rahbari Bernar Akkuayye 2013 yilning fevral oyidagi debatda uyqu bilan kurashmoqda.
13. Afrika millatlari kubogi prezidenti Mvuzo Mbebe 2013 yil bo‘lib o‘tgan matbuot yig‘ilishida uyquni urmoqda.
14. Fransiya byudjyet vaziri Jyerom Kayuzak 2013 yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan hukumat majlisida uyquga bas kela olmadi.
15. Olimpiadaning ochilish marosimida hamda 2014 yilning mart oyida Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda, Putin nutqi chog‘ida Dmitriy Medvedov mazza qilib uxlamoqda.
17. Bu kadr esa 2014 yilning 4 dekabrida Federal yig‘ilish paytida D. Medvedevni nishonga oldi. U yana shirin uyquda.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, uyqu jismoniy holat bo‘lib, qattiq charchoq tufayli amalga oshadigan jismoniy jarayondir. Yig‘ilishlarda, majlislarda va shunga o‘xshash odamlar orasida mudrash yoki o‘zi sezmagan holda uxlab qolish ayb sanalmaydi. Agarda bu doimiy aqliy faoliyatda bo‘luvchi rahbarlar orasida uchrasa.
O‘QIShNI TAVSIYa ETAMIZ:
Urugvay prezidenti o‘zining “qo‘ng‘izmashinasi”ni 1 mln dollarga ham sotishni istamadi
Davlat rahbarlari kiyishi kerak bo‘lgan kiyimlar