Jamiyat | 14:51 / 24.09.2015
9656
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik rejissyorlarning sarasi ham olqish ololmadi

Darakchi.uz sayti an'anaviy ravishda shou-biznes sohasida so‘rovnoma o‘tkazishda davom etmoqda. Bu hafta so‘rovnomaning asosiy mavzusi o‘zbekistonlik rejissyorlar bo‘ldi.
So‘rovnomada ishtirok etgan muxlislar nomlari taklif etilgan rejissyorlarning aksariyatiga salbiy fikr bildirishdi, ularning “diplomi yo‘qligi” va “jahon kinosi darajasiga chiqa olmagani”ni e'tirof etishdi. Shunga qaramay, ular orasidan boshqalaridan birmuncha ajralib turadigan, nisbatan qo‘lga ilinarli kinolar ishlab chiqaruvchi bir guruhi ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Natijada quyidagi tartibdagi reyting tuzildi:

1. Zulfiqor Musoqov.


2. Hilol Nasimov.


3. Ayub Shahobiddinov.


4. Rustam Sa'diyev.


5. Yolqin To‘ychiyev.


6. Farrux Soipov.

7. Jahongir Ahmedov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish