Jahon | 12:21 / 27.09.2015
10995
1 daqiqa o‘qiladi
Odam tabiatning oldida qanchalik kichkina ekanini ko‘rsatuvchi suratlar
Ijtimoiy tarmoqlarning birida polshalik fotograf Jakub Polomski o‘zining g‘aroyib fotosuratlarini ommalashtirdi.
O‘zining yozishicha, u landshaft va sayyohat fotojurnalistikasidan ta'lim olmoqda.
“Menga tog‘larda sayr qilish yoqadi. Tabiatga bo‘lgan muhabbatim bo‘lakcha”, — deydi Jakub. — “Yaqinda “Tabiatning ko‘lami” nomli loyihamni yaratish uchun tog‘larning turli joylaridan kadrlar to‘pladim. Shu orqali men ona tabiatga solishtirganda odamzot qanchalik kichik mavjudot ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘ldim.”
Alp tog‘larida olingan suratlarda kontrastni ko‘rsatish uchun u rasmlarni monoxromatik, ya'ni bir rangli ko‘rinishga o‘zgartiradi.