Sport | 12:40 / 05.10.2015
4568
1 daqiqa o‘qiladi
Paralimpiya. O‘zbekiston vakillari Osiyo-Tinch okeani o‘yinlarida 3ta medal oldi
Tayoyuan shahrida (Tayvan) eshitish qobiliyatini yo‘qotgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo-Tinch okeani o‘yinlarida o‘zbekistonlik taekvondochilar uchta bronza medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medallarni Davron Xidirov (-58 kg), Gulmira Dadajonova (-47 kg) va Maxfuza Qurbonovalar (-57 kg) keltirishgan.
Ma'lumot uchun, eshitish qobiliyatini yo‘qotgan sportchilar o‘rtasida Osiyo-Tinch okeani o‘yinlari 8-bor o‘tkazilmoqda. Bu yilgi musobaqalarda 25 davlatdan kelgan 1500 nafar atrofidagi sportchi yengil atletika, badminton, velosport, futbol, bouling, futzal, dzyudo, stol tennisi, suzish, taekvondo, tennis va basketbol turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib boradi.