Sport | 15:05 / 08.10.2015
9456
2 daqiqa o‘qiladi

2018 yilgi JCh o‘yinlarini qabul qiladigan stadionlar nomi ma'lum qilindi

Rossiyada 2018 yilda futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionati o‘yinlarini qabul qiluvchi o‘yingohlar tasdiqlandi. Bu haqda tashkilotchilar taqdim etgan press-relizda keltirilgan.

Bu ro‘yxat FIFA va "Rossiya-2018" tashkiliy qo‘mitasi tomonidan rasman tasdiqlangan.

Bu ro‘yxatga ko‘ra musobaqaga 11ta shahar mezbonlik qiladi.

• «Yekaterinburg Arena» — Yekaterinburg

• «Stadion Lujniki» — Moskva

• «Stadion Spartak» — Moskva

• «Stadion Fisht» — Sochi

• «Kazan Arena» — Kazan

• «Stadion Kaliningrad» — Kaliningrad

• «Mordoviya Arena» — Saransk

• «Stadion Nijniy Novgorod» — Nijniy Novgorod

• «Rostov Arena» — Rostov-na-Donu

• «Samara Arena» — Samara

• «Stadion Sankt-Peterburg» — Sankt-Peterburg

• «Volgograd Arena» — Volgograd

Rossiyadagi mundial 2018 yilning 14 iyunida boshlanadi. Final bahsi 15 iyulga belgilangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish