Jamiyat | 23:03 / 14.10.2015
8320
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada 10 mln tenge evaziga isitadigan birinchi bekat ochildi (foto)

Ostonada yilning har qanday sharoitida odamlarni noqulay ob-havo sharoitidan himoya qilib turuvchi birinchi issiq bekat qurildi. Qizil ayvonchalar allaqachon poytaxt keksalarining e'tiboriga tushib ulgurdi. Endi ular havoning sovuq holatida ham o‘z avtobuslarini bemalol kutishlari mumkin. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.

Ostona akimati (hokimiyati)ning ma'lum qilishicha, joriy yilning so‘ngiga qadar 55 ta ana shunday avtobus bekatlari quriladi. Ular poytaxtning ijtimoiy muhim obektlari yonida quriladi. Bu kabi bekatlarning narxi 10 mln tengeni tashkil etadi.


Akimat ma'lumotida yana shu narsa keltiriladiki, issiq bekatlar chirishga qarshi qobiqqa ega po‘lat qoplamalardan quriladi. Derazalar esa alyumin profilli va ikki vaqatli shishapaketga ega bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish