Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyadagi hayvonot bog‘ida sherni bolalar ko‘z o‘ngida tilkalashdi
Daniyaning Odense shahridagi hayvonot bog‘ida kuppa kunduzi sher murdasini so‘yib, bo‘laklarga ajratishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, 1 yoshli bu sher bir necha oy oldin hayvonot bog‘ida bu turdagi jonivorlarning miqdori oshib ketgani uchun tibbiy usul orqali uxlatib qo‘yilgandi. Uning tanasi muzlagan.
Aniqlik kiritilishicha, uni tilkalash jarayonida hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar sher organizmining ichki ko‘rinishi bilan tanishishlari mumkin bo‘lgan.
Hayvonot bog‘i ma'muriyatining ma'lum qilishicha, bu jarayonni ochiqchasiga namoyish etish orqali ular bolalarga sherning tanasi tuzilishi haqida ma'lumot berishni istashgan.
Ushbu holat tasvirlangan videolavha orqali bolalarning ko‘pchiligi qo‘rqayotgani va bu manzaraga qarashni istashmayotganini bilish mumkin.
Bu voqea jamoatchilikning noroziliklariga sabab bo‘lgan.



