Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyadagi hayvonot bog‘i ichida mehmonxona ochildi
Buyuk Britaniyada jahonda ilk bor hayvonot bog‘i ichida mehmonxona ochildi. The Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, otel The Lodge bristolida okttyabr so‘ngiga qadar ochiladi.
Sayyohatchilar mehmonxona balkonidan gorilla va begemotlarni, shuningdek, pingvin va maymunlarni ovqatlantirish jarayonlarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, sayyohlarning o‘zi tyulenlar, qizil pandalar va sherlarni ovqatlantirishlari mumkin. Mijozlar hayvonot bog‘i yopilgach ham uni sayr etishlari mumkin, maxsus xodim ularga hamrohlik qiladi.

Kechqurun mijozlarga bosh oshpaz tomonidan tayyorlangan to‘rt xil taom tortiladi. Tongda esa sayyohlar o‘zlarini tabiiy muhitdagidek his etishlari uchun ularga nonushtani hayvonlar qafasi yonida tortishadi.










