Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada o‘smir yoshidagi 3 qiz charxpalakdan yiqilib tushdi
Avstraliyaning Sidney shahri yaqinidagi xiyobonda o‘rnatilgan charxpalakdan o‘smir yoshidagi 3 nafar qiz qulab tushib, jarohatlandi.
9news telekanali xabariga ko‘ra, bu hodisa 24 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:10da (Toshkent vaqti bilan soat 8:00da) sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, charxpalak bo‘lmalaridan biri qattiq chayqalib ketishi tufayli qizlar yerga tushib ketishgan.
Tez tibbiy yordam vakilining ma'lum qilishicha, hodisa tufayli jabrlanganlardan birining ahvoli o‘ta og‘ir, uning tos suyagi va qo‘llari singan. Yana ikki jabrlanuvchining esa qo‘llari va qovurg‘alari shikastlangan. Voqea joyida birinchi yordam ko‘rsatilgani uchun ularning ahvoli barqarorlashgan.